Foydalanish shartlari
Vigilora faqat foydalanuvchi egalik qiladigan yoki tekshirishga yozma ruxsati mavjud tizimlar uchun mo‘ljallangan himoya platformasidir.
Xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs
Vigilora mahsuloti va xizmatining yuridik operatori hamda korporativ shartnoma tomoni — “DARMS KOMPANIYA” MChJ, davlat ro‘yxat raqami 964768, STIR 308296608.
Ruxsatli foydalanish
Foydalanuvchi target, server, kod ombori va connector ustidan tekshirish vakolatiga ega ekanini tasdiqlaydi. Ruxsatsiz kirish, zarar yetkazish, kuzatish, credential yig‘ish yoki xizmatni chetlab o‘tish taqiqlanadi.
Nazorat qilinadigan avtomatlashtirish
Vigilora topilma va tavsiya beradi. Production o‘zgarishi approval siyosati, allowlist va client agent vakolati bilan cheklanadi. Yuqori xavfli harakatlar inson tasdig‘isiz bajarilmaydi.
Natijalarning chegarasi
Hech bir kiberxavfsizlik mahsuloti barcha hujumlarni yuz foiz to‘xtatishni kafolatlamaydi. Risk ballari va AI tavsiyalari mavjud dalilga asoslanadi; muhim qarorlar malakali mutaxassis tomonidan tekshirilishi lozim.
Hisob xavfsizligi
Foydalanuvchi login, token va API kalitlarini himoya qiladi, xodim vakolatlarini o‘z vaqtida bekor qiladi va shubhali kirishni darhol bildiradi. Umumiy yoki oshkor qilingan credentiallardan foydalanish mumkin emas.
Provayder litsenziyalari
VirusTotal, AbuseIPDB va boshqa tashqi xizmatlardan tijoriy foydalanish ularning tegishli rejasini talab qilishi mumkin. Mijoz o‘z connectorlarining litsenziya va kvota shartlariga javobgar.
Xizmat va javobgarlik
Uptime, support, retention va incident response muddatlari faqat imzolangan korporativ shartnoma yoki SLA bilan kafolatlanadi. Pilot rejimida imkoniyatlar alohida kelishuvga muvofiq beriladi.